«O`zbektelekom» AK bugun, 25 fevraldan boshlab, jismoniy shaxslar uchun «UNLIM» seriyasida yangi cheklovsiz tarif rejalarini taqdim etdi.
«Hali hech qachon cheklovsiz, kafolatlangan va yuqori tezlikka ega tarif rejalari bunchalik arzon va qulay bo`lmagandi», deyiladi kompaniya xabarida.
Abonentlar 1 martdan boshlab quyidagi uchta: UNLIM 4, UNLIM 10 va UNLIM 20 tarif rejalaridan biriga ulanishi mumkin. Yangi tariflar 25 fevraldan foydalanishga topshirilmoqda.
Tariflar nomidagi raqamlar taqdim etiladigan xizmatlar tezligi: mos ravishda 4, 10 va 20 Mbit/s. ekanini ko`rsatadi. Bunda cheklanmagan trafik «gacha» qo`shimchasisiz taqdim etiladi.
Faqat ushbu tariflarda texnologik cheklovlar mavjud. ADSL texnologiyasi bo`yicha ulangan mijozlar 4 Mb/s. dan oshmagan tezlik va faqatgina mazkur seriyadagi UNLIM 4 tarif rejasiga ulana oladi.
VDSL yoki FTTx texnologiyalari bo`yicha ulangan abonentlar UNLIM 10 va UNLIM 20 tarif rejalaridan foydalana olishadi. Mazkur tariflarning yana bir afzalligi sifatida TAS-IX tarmog`idagi resurslarga ulanish tezligi 40 Mbit/s.ni tashkil etishi qayd etilgan.
2019 yil 5 martdan boshlab, quyidagi tarif rejalariga o`tish va yangidan ulanish to`xtatiladi:
Jismoniy shaxslar uchun cheklanmagan tarif rejalari — TEZNET 3+, TEZNET 4+, TEZNET 6+, TEZNET 9+, TEZNET 12+, TEZNET 16+, TEZNET 20+.
Jismoniy shaxslar uchun tungi tarif rejalari — «Night Racer» va «Night Racer +».