AsosiySiyosat

Elis Uells: Maykl Pompeoning Shavkat Mirziyoyevga yo`llagan maktubini etkazdim

'Elis Uells: Maykl Pompeoning Shavkat Mirziyoyevga yo`llagan maktubini etkazdim'ning rasmi

AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo`yicha yordamchisi vazifasini bajaruvchi Elis Uells O`zbekiston bilan AQSh o`rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari haqida O`zA muxbiriga quyidagilarni so`zlab berdi:

– Avvalo, O`zbekiston bilan AQSh o`rtasidagi strategik sheriklikda yangi davr boshlanganini ta`kidlashni istardim. Bugun AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeoning O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevga yo`llagan maktubini etkazdim. Unda mamlakatingizda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar yana bir bor e`tirof etilib, Amerika Qo`shma Shtatlarining ushbu ijobiy o`zgarishlarni qo`llab-quvvatlashga tayyor ekani qayd etilgan.

Mamlakatingizga tashrif doirasida O`zbekiston – AQSh siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi davrasini o`tkazdik. Bu mamlakatlarimiz o`rtasida iqtisodiyot, xavfsizlik, siyosat va madaniy-gumanitar sohalardagi muloqotlarda ijobiy tendensiya kuzatilayotganidan darak beradi.

    Boshqa yangiliklar