Qashqadaryo viloyati hududida joylashgan Hisor davlat qo`riqxonasidagi qor barslari soni 500 taga yaqinlashgan. Bu haqda «Narodnoe slovo» gazetasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, qo`riqxona tashkil qilingan vaqtda qor barslarining soni atigi to`rtta bo`lgan. Dunyo bo`yicha esa ushbu noyob jonivorlarning soni taxminan 4500−7300 tani tashkil etadi.
O`zbekiston qor barslarining hayot tarzini o`rganish va shunga qarab ularni saqlab qolish va ko`paytirish bo`yicha qator xalqaro loyihalarda qatnashmoqda. Jumladan, tegishli hududlarga fototuzoqlar o`rnatish orqali qor barslarininin yashash sharoitlarini o`rganish va ularni sanashda o`z samarasini bera boshlagan.





