1

Rossiyalik sportchi Elena Isinbaeva "Nafosat - 2019" sport festivali g`oliblarini qutladi

Jamiyat 04.03.2019, 11:05
Rossiyalik sportchi Elena Isinbaeva "Nafosat - 2019" sport festivali g`oliblarini qutladi

Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag`ishlab O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi bilan hamkorlikda fevral-mart oylarida xotin-qizlar o`rtasida sportning stol tennisi, badminton, voleybol, gandbol, basketbol, velosport turlari bo`yicha “Nafosat - 2019” sport festivalini o`tkazdi.

Mazkur fectival ikki bosqichda o`tkazildi. 1-bosqich (27 fevral – 1 mart) hududlarda o`tkazilib, g`olib deb topilgan ishtirokchilar 2-bosqich – Respublika bosqichi (1-2 mart)da bellashdilar.

Joriy yilning 3 mart kuni festivalning umumjamoa hisobida g`olib deb topilgan jamoalarning taqdirlash marosimi Toshkent shahrining “O`zbekiston” sport majmuasida bo`lib o`tdi. Unga ko`ra Toshkent shahar 1-o`rin, Qoraqalpog`iston Respublikasi 2-o`rin va Qashqadaryo viloyati 3-o`rinni qo`lga kiritdi.

Tadbir davomida el suygan san`atkorlar ishtirokida konsert dasturi bo`lib o`tdi. Tadbirning faxriy mehmoni sifatida ishtirok etgan ikki karra Olimpiyada chempioni rossiyalik sportchi Elena Isinbaeva festival ishtirokchilarini bayram va qo`lga kiritgan yutuqlari bilan tabrikladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1