AsosiyJamiyat

Samarqandda bosqinchilik bilan shug`ullanuvchi jinoiy guruh qo`lga olindi

Samarqand viloyatining shu nomli tumanida o`g`rilik va bosqinchilik bilan shug`ullanuvchi jinoiy guruh a`zolari qo`lga olindi, deya xabar bermoqda «Pravda Vostoka» gazetasi.

Bir kuni tunda yuziga niqob taqqan o`g`rilar Samarqand tumanida yashovchi Qodir S. ismli shaxsning uyiga bostirib kiradi hamda undan pul va qimmatbaho taqinchoqlarni topib berishni talab qiladi. Kuchli jismoniy va ruhiy qiynoqlardan so`ng uy egasi ularga barcha boyligini berib yuboradi. So`ng bosqinchilar qochib qoladi.

Biroq jinoyat-qidiruv xodimlarining tezkor harakatlari sharofati bilan guruh a`zolari qo`lga olindi. Ularning tumanda so`nggi paytlarda ro`y bergan boshqa shunday jinoyatlarga aloqadorligi ham aniqlandi. Hibsga olinganlarga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atildi.

 

    Boshqa yangiliklar