1

​Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektoriga xorijlik maslahatchi tayinlandi

Jamiyat 04.03.2019, 13:37
​Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektoriga xorijlik maslahatchi tayinlandi

Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti dekani Sirelchuk Igor Nikolaevich TATU rektori maslahatchisi etib tayinlandi.

Texnika fanlari nomzodi, dosent Sirelchuk Igor Nikolaevich 2019 yilning 1 martidan TATU rektori maslahatchisi lavozimida ish boshladi.

Igor Sirelchuk 1985-1990 yilda Minsk radiotexnika oliygohini tamomlagan. 2017 yildan hozirgi kunga qadar Belarus davlat informatika va radioelektronika universitetida dekan lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1