1

Buxoro shahar hokimligi hisobidagi uyni sotmoqchi bo`lgan ayol qo`lga olindi

Jamiyat 04.03.2019, 14:17
Buxoro shahar hokimligi hisobidagi uyni sotmoqchi bo`lgan ayol qo`lga olindi

Buxoro shahar Alpomish ko`chasida yashovchi 1977 yilda tug`ilgan fuqaro M.A (ayol) shu ko`chada yashovchi H.Qga o`zi yashab turgan Buxoro shahar hokimligining uy-joylarni hisobga olish va noturar joylardan foydalanish korxonasi balansida bo`lgan Buxoro shahar Alpomish ko`chasi 5-B uydagi xonalardan birini uning nomiga rasmiylashtirib berish va`da qiladi. Bu haqda Buxoro IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Buning evaziga H.Qdan 6500 AQSh dollari berishini aytadi. 2019 yil 24 yanvar kuni shundan 100 AQSh dollarini olib, 1 mart kuni taxminan soat 15:00larda Buxoro shahri hududida qolgan 6400 AQSh dollarini olgan vaqtida Departamentning Buxoro shahar bo`limi xodimlari tomonidan ushlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1