1

Nodavlat sport inshootlarini qurish uchun er 30 yilga bepul beriladi

Jamiyat 04.03.2019, 14:41
Nodavlat sport inshootlarini qurish uchun er 30 yilga bepul beriladi

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 1 martdagi qarori bilan "Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklik to`g`risida"gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanalida xabar qilindi.

Nizomga muvofiq, davlat-xususiy sheriklik quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

- nodavlat sport inshootlarini qurish va foydalanish uchun erni bepul berish (30 yilga);

- davlat sport inshootlarining foydalanilmayotgan qismini bepul foydalanish uchun xususiy sheriklarga o`tkazish (30 yilga);

- mavjud davlat sport inshootlarini qayta qurish va jihozlash (30 yilga);

- keyinchalik beg`araz yordam ko`rsatish sharti bilan sport inshootlarini qurish uchun erni bepul berish (20 yil va undan ortiq davrga);

- konsessiya asosida qurish, qayta qurish va jihozlash uchun er yoki bino ajratish;

- xususiy sport inshootlarini moddiy-texnik va moliyaviy ta`minlash.

Davlat-xususiy sheriklik to`g`risidagi bitimlarni tuzish bo`yicha 5 kishilik tanlovlarni o`tkazish komissiyasi tuziladi.

Tanlov boshlanishidan 30 kun oldin Internet tarmog`ida va rasmiy saytlarda bu haqda e`lon beriladi.

Tanlovda qatnashmoqchi bo`lganlar komissiyaga ariza beradi.

Ariza 10 kunda komissiya tomonidan ko`rib chiqiladi.

Kamida ikki ishtirokchidan tanlovda ishtirok etish uchun arizalar kelib tushganda, tanlov o`tkaziladi.

Eng maqbul taklif egasi tanlov g`olibi deb topiladi va u bilan bitim tuziladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1