AsosiyJamiyat

Toshkentda doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibiga o`zgartirish kiritildi

'Toshkentda doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibiga o`zgartirish kiritildi  'ning rasmi

Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo`lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi to`g`risidagi yo`riqnomaga kiritilgan o`zgartirish va qo`shimchalar Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar qilindi.

Kiritilgan o`zgartirishlarga muvofiq, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashashga ruxsat olish uchun arizaga ilova qilinadigan uy-joy mulkdorining turar joy maydoni berishi to`g`risidagi arizasi o`zi borib berilganda notarial tasdiqlanishi talab etilmaydi.

Shuningdek, Respublikaning boshqa mintaqalaridan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan hamda yashash guvohnomasiga ega bo`lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar doimiy propiskani rasmiylashtirish uchun ariza berganlarida arizaga ilova qilinadigan uy-joy hujjatlari notarial tasdiqlanishi talab qilinmaydi.

Kiritilgan qo`shimchalarga ko`ra doimiy propiska qilish rad etilgan taqdirda uch sutka mobaynida arizachi Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududini tark etishi shart.

Quyidagilar bundan mustasno:

- turar joy sotib olinganda;

- yaqin qarindoshlar (er, (xotin), ota-ona, farzandlar) mavjud bo`lganda;

- vasiylar (homiylar) mavjud bo`lganda;

- mehnat faoliyati bilan shug`ullanganda, ta`lim muassasalarida o`qiganda;

- davolash muassasalarida davolanayotganda.

    Boshqa yangiliklar