Bugun, 4 mart kuni respublika bo`yicha antisiklon kirib kelishi bilan ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, tog`li hududlarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Bu haqda O`zbekiston FVV xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 10-15 daraja iliqni, shimolda 5-10 daraja iliqni tashkil etadi.
5 martda respublika hududlarining ko`p qismida yog`ingarchilik to`xtaydi, faqat kechasi Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida barqaror ob-havo saqlanib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 3-8 daraja iliqni, kunduzi 8-13 daraja iliqni tashkil etadi.
6-9 martda asosan yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 6-7 martda 8-13 daraja iliq; 8-9 martda 10-15 daraja iliq bo`ladi.






