AsosiyJamiyat

Rossiya Sog`liqni saqlash vaziri O`zbekistonga keladi

'Rossiya Sog`liqni saqlash vaziri O`zbekistonga keladi 'ning rasmi

Rossiya Sog`liqni saqlash vaziri Veronika Skvorsova 6-7 mart kunlari O`zbekistonga tashrif uyushtiradi, deb xabar qildi O`zbekiston TIV.

Muzokaralar davomida Toshkentda ko`ptarmoqli zamonaviy tibbiy markazni qurish hamda RF tibbiy oliygohlaridan birining filialini ochish imkoniyatlarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Vazirlik ma`lumotiga ko`ra, Skvorsova akademik V.Voxidov nomli Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy xirurgiya tibbiy markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy kardiologiya tibbiy markazi va O`zbekistonning qator tibbiy muassasalari faoliyati bilan tanishib chiqadi.

    Boshqa yangiliklar