AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istondagi «dinozavr tuxumlari»ni ko`rganmisiz?

'Qoraqalpog`istondagi «dinozavr tuxumlari»ni ko`rganmisiz?'ning rasmi

Nukusdan 30 km. olisda joylashgan Amudaryo tumanidagi ushbu toshlar Tetis ummoni esdaliklaridir.

Qoraqalpog`istonning Amudaryo tumaniga qarashli «Nazarxan» OFY hududida, G`uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu avtotrassasining bo`yidagi tepalikda yuzlab sochilayotgan sharsimon toshlarni ko`p marotaba ko`rsak ham lekin unga unchalik e`tibor qaratavermaymiz. Dunyoning ba`zi davlatlarida shu kabi toshlarni og`zaki tilda «dinozavr tuxumlari» deyishadi.

Bu kabi toshlarni bejizga dinozavr tuxumiga qiyoslamaydi. Ma`lumotlarga ko`ra, ularning yoshi 50-60 mln. yilni tashkil qiladi.

Fanda Moeraki toshlari deb nom berilgan sharsimon toshlar geologik nuqtai nazardan olib qaraganda, kalsiy bilan okeanning minerallashgan tuzlarining hamda sozli to`proqning birikishidan hosil bo`ladi.

Nukusdan 30 km. olisda joylashgan Amudaryo tumanidagi ushbu toshlar Tetis ummoni esdaliklaridir. Million-million yillar avvallari ularning diametri 2-2,5 metr kattalikda bo`lgan. Vaqt o`tishi bilan emirilib, qobiqlarini echib tashlab kela bergan. Hozirda bularning diametri 0,3-0,5 metrlar atrofida. Bu kabi sharsimon toshlar hozirda Yangi Zelandiya orollarida, Avstraliyada va Qozog`istonning Manqishloq viloyatlarida ham uchrashadi va turistlarning sevimli ob`ektlariga aylangan.

Nazarxan OFY turg`uni Ongarbay og`aning ta`kidlashicha, shunday sharsimon toshlar hududdagi boshqa joylarda ham ko`plab uchrashadi. Agar ushbu toshlarning tagi kovlansa, qozondek keladigan qobiqlari chiqadi. Mahalliy aholi esa u qobiqlarni uylarining fundamentiga foydalanish uchun qazib olmoqda.

Bahor kelishi bilan ushbu hududlar o`ziga xos ajoyib manzara hosil qiladi. Sayyohatga chiquvchilar toshlar qoshida selfiga tushadi. Nukuslik olim Yusup Kamalov esa kun ilishi bilan «dinozavr tuxumlari» sochilgan tepaliklarda deltaplanda uchishni xo`sh ko`radi. Yoz oylarida esa yaqin joylardagi tuzli ko`llarda odamlar davolanish uchun tashrif buyuradi.

O`zAning yozishicha, afsuski, mana shunday ajoyib maskanlardan turistlik salohiyatni ko`tarish maqsadida oqilona foydalanilmayapti.

    Boshqa yangiliklar