AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Erkaklar qo`mitasini tuzish taklif etildi

'O`zbekistonda Erkaklar qo`mitasini tuzish taklif etildi'ning rasmi

Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida «Oila ensiklopediyasi» hamda «Xotin-qizlar ensiklopediyasi» kitoblarining taqdimoti bo`lib o`tdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Unda ishtirok etgan ekspertlardan biri Jamila Shermuhamedova O`zbekistonda erkaklar ensiklopediyasini yaratish taklifini bergan.

«Mening takliflarim bor: kelinglar, «Erkaklar ensiklopediyasi»ni yarataylik. Oilada erkakning, otaning o`rnini ko`tarmas ekanmiz, u haqda kitoblar yozib, maqomini ulug`lamas ekanmiz, oila mexanizmidagi ayrim elementlar yaxshi ishlamaydi, ajrimlar soni ortaveradi. Yoshlarga bolaligidan oilada o`g`illik burchi, otalik vazifalari, erlik mas`uliyati haqida bilim berish zarur. Bu hayot-mamot masalasi», degan Shermuhamedova.

Ekspert hatto O`zbekiston Erkaklar qo`mitasini tuzish taklifi ham jiddiy o`ylab ko`rishga arzishini ma`lum qilgan.

Tadbirda shuningdek, qizlar uchun «Qizlar kitobi», kelinlar uchun «Kelinnoma» kabi ensiklopediyalar yaratilgani, hozir yangi tayyorlangan «Ayollar ensiklopediyasi» nashrga topshirilgani, yaqin kunlarda bosmaxonadan chiqishi haqida ma`lumot berildi.

    Boshqa yangiliklar