AsosiyDunyo

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Saudiya Arabistonida bo`ldi

'Rossiya Tashqi ishlar vaziri Saudiya Arabistonida bo`ldi 'ning rasmi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Fors ko`rfazi davlatlariga tashrifi davom etmoqda, deb xabar bermoqda NTV.ru nashri.

Uning navbatdagi manzili esa Saudiya Arabistoni bo`ldi. Saudiya podshohi Salmon ibn Abdulaziz bilan Ar-Riyodda bo`lib o`tgan uchrashuv chog`ida Suriya va Yamandagi mojarolar hamda neft bozoridagi vaziyat bo`yicha so`z bordi. Tomonlar yangi bitim tuzilgani to`g`risida e`lon qilmadilar. Lavrovning ta`kidlashicha, har ikki mamlakat ham OPEK ichidagi faoliyatini muvofiqlashtirishni davom etirish niyatida. Shuningdek, Rossiya va Saudiya Arabistoni savdo va investisiyalar hajmini oshirish niyatida.

    Boshqa yangiliklar