AsosiyJamiyat

Gulnora Karimovaning orttirgan boyliklari. U istaydimi, yo`qmi xalqning pullari – xalqqa qaytarilishi shart!​

'Gulnora Karimovaning orttirgan boyliklari. U istaydimi, yo`qmi xalqning pullari – xalqqa qaytarilishi shart!​'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining nabirasi Imon Karimovaning odamlarni rahm shafqatga chorlovchi "bitik"lari e`lon qilindi.

Voqealarga oydinlik kiritib O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan jamoatchilikka rasmiy axborot berildi.

O`zA jurnalist Ismat Xushevning (Kanada, Toronto shahri) ushbu voqealar yuzasidan shaxsiy kuzatuv va xulosalarini e`lon qildi.

III

Demak, hammasi tushunarli.

Gulnora Karimova qamoqdan ozod qilinarkan, munosib xulq-atvorga ega bo`lish va tergov bilan hamkorlik qilish haqida o`zi imzolagan qonun-qoidalarni buzgan.

Shu bilan birga, tergovga yaqin kishilar xabariga ko`ra, Gulnora Karimova O`zbekistondan o`g`irlab olib chiqib ketgan pullarni – o`zi va`da qilganidek, davlatga qaytarishga shoshilmayapti.

Aksincha, Gulnora Karimova, uning o`g`li Islom va qizi Imon vaqtida noqonuniy yo`l bilan orttirilgan, ayni damda chet el banklarida saqlanayotgan pullarni O`zbekiston byudjetiga qaytarilishiga to`sqinlik qilishmoqda.

Bu pullar o`zbek xalqining pullari, ular birovlarning cho`ntagiga emas, balki davlat xazinasiga qaytarilishi lozim.

IV

Ana shunday bir paytda Imon va Islom noqonuniy boyliklarini himoya qilish uchun inson huquqlarini pesh qilib, o`zlarini oqlash va himoya qilishga urinishlari juda ham kulgili.

Xalqimizda «Emoqning qusmog`i ham bor» deb bejiz aytilmagan.

O`zbekistonda bugun Gulnora Karimova tomonidan talon-toroj qiligan va o`z haqlarini qaytarib ololmagan yuzlab kompaniya va minglab aldangan va talangan kishilar bor. Ularning haq-huquqini tergov himoya qilmoqda. Gulnora tergovni aldash bilan, ana shu kompaniyalar, alal oqibat davlatni va o`zbek xalqini aldamoqchi bo`lyapti.

Qolaversa, Gulnorani o`z otasi qamadi. Shavkat Miromonovich Mirziyoev esa unga imkoniyat berib, insonparvarlik qilib, qilgan xatongni tuzat, o`zingni oqla, deya qamoqdan ozod qildi. Gulnora davlat rahbarining bu iltifot va ishonchini oqlamayapti, o`z otasida topilmagan rahm-shafqat va odillik qadriga etmayapti...

V

Gulnora va uning farzandlari turli yo`llar bilan himoya qilayotgan, o`z davrida yuzlab noqonuniy kompaniya va odamlardan tortib olingan bu boyliklarning miqdori va ko`lamiga bir nazar solsangiz ajib hayratlarga oshno bo`lasiz. Bugun er yuzining hamma joyida insonlar uchun bir dollar topish qanchalar mashaqqat bo`lgan bir paytda bu boyliklar miqyosi va miqdori, bahosi va viqori odamni dahshatga soladi.

Gulnora Karimovaga tegishli bo`lgan ko`chmas mulk va boyliklar ro`yxati:

– 4 qavatli uyning bir podezdidagi 1, 3, 4-qavatlarida joylashgan kvartiralarning manzili: 25 Chesham street, London.

– Gonkongdagi ko`chmas mulk. «Arka» turar joy massividagi Pentxaus . Manzili: 80A Moon Tower, The Arch, 1 Austin Road West, Kowloon, Hong Kong.

– Birlashgan Arab Amirliklaridagi ko`chmas mulklar:

№31 va №33 raqamli villalar (Zabeel Saray Royal Residence, Villa # 31, 33), JUMEIRAH ZABEEL SARAY nomli eng boy va muhtasham mehmonxonalar markazida joylashgan ko`chmas mulk manzili – Crescent Road West, The Palm Jumeirah, Dubai, United Arab Emirates, P.O.Box: 27722, Dubai, United Arab Emirates.

Bu ko`chmas mulklar jami 36,9 mln. AQSh dollariga sotib olingan bo`lib, ularning boshlanish narxi 43 mln. AQSh dollari.

– 4001, 4002, 4003 raqamlardagi uch dona qimmatbaho pentxaus. Ular Bonnington, Jumeirah Lakes Towers nomli Dubayning eng qimmatbaho va elitniy rayonida joylashgan. Manzili: UAE, Dubai, Emirates Hills First, Bonnington tower Bldg, penthouse 4001-4003.

– The PALM JUMEIRAH nomli 13,1 mln dollarga baholangan er maydoni.

DAMAC HEIGTS nomli osmono`par binoda joylashgan ikki kvartira. Ular Dubayning DUBAI MARINA gavanida qad rostlagan. Palma Jumeyra orollariga qarashli bu koshona 1.2.3 va undan ko`p xonalardan iborat bo`lgan dunyoning eng antiqa va noyob pentxauslari sirasiga kiradi...

– Fransiyadagi ko`chmas mulklar:

Parij atrofidagi eng go`zal va xushmanzara go`shadagi mana bu dala hovli 2011 yilda 30 million AQSh dollariga sotib olingan.

Manzili: Château de Groussay rue de Versailles 78490 Montfort l´Amaury

– Fransiya poytaxti Parij shahridagi kvartiralar manzili: Monyry 75015 Paris (prospekt Mareshal Monori, Parij, Il-de-Frans). Bu shinam va qimmatbaho kvartiralar 2007 yil 30 million Evroga sotib olingan...

– San-Tropedagi villa. Manzili: 34 LOT Chenarae 1, 83580 Gassin. 2010 yilda 2,5 million evroga sotib olingan.

– Rossiya Federasiyasidagi ko`chmas mulklar:

Rossiyaning eng boy va badavlat odamlari yashaydigan Rublyovkadagi uy:

– Bir xonalik kvartira manzili: Moskva, Sivashskaya ko`chasi, 6/1, kv.58.

– Moskvadagi uch xonalik eng nufuzli rayondagi yana bir kvartira manzili: Moskva, Krasina ko`chasi, 21-uy, 1 qavat...

– Umumiy maydoni 420 m² keladigan uch qavatli turar joy manzili: Moskvaning Komsomolskiy prospektidagi Kamelot massivi, 32-uy, 122 kvartira...

– Qrimdagi eng qimmat pansionat manzili: Qrim Respublikasi, Yalta shahri, Beregovoy manzilidagi Kiparisnaya ko`chasi, 15 korpus...

– Qrimdagi muhtasham mehmonxona manzili: Qrim Respublikasi, Yalta shahri, Beregovoe posyolkasidagi Kiparisnaya ko`chasi 50 uy A korpus...

– Shveysariyadagi ko`chmas mulk:

Ikki qavatli villa manzili: 7 Chemin De La Prévôté, Cologny, Geneva.

Shveysariya matbuotiga ko`ra, bu villaning rasmiy sohibasi Gulnora Karimova bo`lib, bu qimmatbaho go`shani 2009 yil sotib olgan...

– Fransiyadagi villa...

– Sidjakdagi Gulnora Karimovaning rezidensiyasi...

– Gulnora Karimovaning shaxsiy samolyoti «Bombarder global ekspress», 48 mln. AQSh dollariga sotib olingan...

– Gulnora Karimovaning chet el banklarida saqlanayotgan oltin yombilari.

VI

So`ngso`z o`rnida:

So`ngi paytlarda Gulnoraning ikki farzandi xorijdagi ommaviy axborot vositalarida onalari go`yo nohaqlik va qonunsizlik qurboni bo`lganini ta`kidlab, u haqda odamlar tafakkurida ijobiy fikrlar paydo qilishga harakat qilib kelmoqdalar.

Bu bilan ular omma fikrini manipulasiya qilish orqali, onalari o`zbek xalqidan o`g`irlagan million-million pullarni O`zbekistonga – davlat xazinasiga qaytarmaslikni niyat qilgan ko`rinadilar.

Ammo, davlat – hamma mamlakatda davlat! U bilan o`ynashmaslik kerak.

Gulnora Karimova istaydimi, yo`qmi xalqning pullari – xalqqa qaytarilishi shart!

Boshqacha bo`lishi ham mumkin emas!

    Boshqa yangiliklar