O`zbekiston havo yo`llari "kutilmagan vaziyat tufayli" 7 mart jadvaliga o`zgarish kiritganini xabar qildi.
O`zgarishlar Toshkentdan Frankfurt, Milan va Bishkekka uchuvchi parvozlarga taaluqli bo`ladi. Xususan, ushbu parvozlar uchish va qo`nish vaqtlari o`zgartirildi:
HY-231 Toshkent - Frankfurt parvozi soat 09:30 ga ko`chiriladi, manziliga etish vaqti 12:00.
HY-255 Toshkent - Milan ham 09:30 da uchib, Milanga – 12:30 da etib keladi.
HY-777 Toshkent - Bishkek parvozining uchish va qo`nish vaqtlari 10:20 – 12:30ga o`zgartirildi.
O`zbekiston havo yo`llari ushbu noqulayliklar uchun yo`lovchilardan kechirim so`raydi va qo`shimcha ma`lumot uchun aviakompaniya bilan bog`lanishni so`raydi.