2019 yil 6 mart kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligida aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek, fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy ishlarni rivojlantirish bo`yicha Idoralararo kengashining navbatdagi yig`ilishi o`tkazildi, deb xabar berdi FVV Matbuot xizmati.
Tadbirda, Vazirning birinchi o`rinbosari - Idoralararo kengash raisi A.X.Qo`ldoshev, Idoralararo kengash a`zolari, ekspertlar va vazirlik xodimlari ishtirok etishdi.
Yig`ilishni Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o`rinbosari - Idoralararo kengash raisi A.X.Qo`ldoshev kirish so`zi bilan, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 dekabrdagi 985-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan ilmiy ishlarni rivojlantirish bo`yicha Idoralararo kengashning avvalgi yig`ilishlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, yig`ilish kun tartibiga qator masalalar kiritilganligini ta`kidladi.
Yig`ilish kun tartibida Idoralararo kengashning 2018 yildagi faoliyati tahlili va 2019 yil ish rejasiga asosan amalga oshiriladigan tadbirlari muhokamasi, Rossiya Federasiyasi FVV va Belarus Respublikasi FVV bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ishchi guruhini shakllantirish, yil davomida o`tkazilish rejalashtirilgan ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlarga tayyorgarlik ko`rish masalalari muhokama etildi.
Idoralararo kengash 2018 yildagi faoliyati davomida Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi oldida turgan va o`z echimini kutayotgan ilmiy-texnik muammolar, ilmiy jihatdan yondashuvni talab etadigan ehtiyojlar ro`yxatini shakllantirdi va tasdiqlandi. Ushbu dolzarb ilmiy-texnik muammolar echimlari qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari mavzulari, amalga oshirish shakllari va tizimi tasdiqlandi hamda Innovasion rivojlanish vazirligiga ushbu ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish masalalarini ko`rib chiqish uchun yuborildi.
Shuningdek, Idoralararo kengash tomonidan 2018 yilda 2 ta xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, 10 ga yaqin ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etildi.
Yig`ilish davomida Rossiya Federasiyasi FVV hamda Belarus Respublikasi FVV bilan imzolangan hamkorlik rejalariga asosan 2019-2020 yillarda aholi va hududlarni yuzaga kelishi mumkin bo`lgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish tadbirlari rejalashtirilgan bo`lib, Idoralararo kengash tomonidan ushbu ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo`yicha ishchi guruhi shakllantirildi.
Yig`ilish baxs-munozaralarga boy, konstruktiv tarzda o`tkazilib, ko`rib chiqilgan masalalar bo`yicha Idoralararo kengashning tegishli qarori qabul qilindi.






