Joriy yilning 6 mart kuni xorijiy va mahalliy OAVda Stavropol o`lkasining Kochubey tumanida yuz bergan yo`l-transport hodisasida 6 nafar O`zbekiston fuqarosi halok bo`lgani haqida ma`lumotlar tarqaldi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
"Shu munosabat bilan jabrlanganlarga konsullik-huquqiy yordam ko`rsatish uchun O`zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo`limi tezda o`lka va tuman davlat tuzilmalari vakillari bilan bog`landi.
Ulardan YTH qurbonlari orasida O`zbekiston fuqarolarining yo`qligi to`g`risidagi rasmiy xabar olindi", - deyilgan xabarda.






