6 mart kuni Toshkent shahrida OAV vakillari O`zbekistonning mashhur sportchi va chempionlari bilan norasmiy uchrashuv o`tkazishdi. Tadbir mamlakat uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi HumoArena muz kompleksining ochilish marosimi oldidan bo`lib o`tdi.
Uchrashuvda o`zbek sporti yulduzlari - Ruslan Nuriddinov, Azamat Abduraimov, Oksana Chusovitina, Abdulla Tangriev, Iroda To`laganova, Mirjalol Qosimov va Shamsiddin Vohidovlar ishtirok etishdi.
Tadbir doirasida sportchilar HumoArena muz sport saroiyning ochilishi haqidagi fikrlarini bildirishdi:
Ruslan Nuriddinov, og`ir atletika bo`yicha Olimpiya chempioni:
"HumoArena haqida gapiradigan bo`lsak, uning ochilishi O`zbekistonda qishki sport turlarini rivojlantirish uchun juda katta imkoniyatlarga yo`l ochadi. Umid qilamizki, qishki sport turlari butun O`zbekiston bo`ylab rivojlanadi, buning uchun birinchi, eng katta qadam tashlandi. Shu ishni viloyatlar kesimida ham davom ettirilsa va bundan barcha birdek manfaatdor bo`lsa, harakatlar o`z natijasini bermay qolmaydi. ".
Jahon gimnastikasi afsonasi, Oksana Chusovitina:
"Bunday arena O`zbekistonga juda kerak edi. Hali ko`p ota-onalar arenaga o`z farzandlarini qishki sportlari bilan shug`ullanish uchun ham olib kelishadi, deb o`ylayman, chunki bu O`zbekiston uchun yangilik".
Iroda To`laganova, O`zbekiston tennis federasiyasi bosh kotibi, tennis bo`yicha respublika ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi, yakkalik bahslarida 3 martadan WTF va ITF turnirlari g`olibi:
"Bizda anchadan beri qishki sport turlari bo`lmagan edi, shu bois muz arenasining ochilishi mamlakat uchun katta yutuqdir. U erda shuningdek xalqaro darajadagi musobaqalarni o`tkazish mumkin bo`ladi, zero kompleks ko`p funksional bo`lib, u erda qator sport turlari bo`yicha musobaqalar o`tkazish mumkin bo`ladi".
Azamat Abduraimov, futbol bo`yicha 1994 yilgi Osiyo o`yinlari chempioni, ayni damda murabbiy:
"Aytilgan barcha fikrlarga qo`shilgan holda, shuni aytmoqchi edimki, barchamiz televizor orqali figurali uchish va xokkey musobaqalarini sevib tomosha qilamiz, O`zbekistonda qurilgan HumoArena sport saroyida ana shunday musobaqalar va festivallar o`tkazilsa, vatandoshlarimiz u erga tashrif buyurib, ushbu musobaqalarni o`z ko`zlari bilan tomosha qilish imkoniga ega bo`lishadi, bu juda muhim".
Mirjalol Qosimov, o`zbek futbolining etakchi namoyondalaridan biri, uch karra O`zbekiston chempioni, Rossiyaning futbol bo`yicha chempioni, futbol bo`yicha 1994 yilgi Osiyo o`yinlari chempioni:
"Birinchi navbatda ota-onalar o`zlarining turli yoshdagi farzandlarini olib kelishi va ularning sportga bo`lgan qiziqishini qo`llab-quvvatlashlari uchun ularning orasida targ`ibot ishlarini o`tkazish zarur. Ota-onalar farzandlarining tabiati, ularning temperamentini va sportning aynan qaysi turi bolaga to`g`ri kelishini yaxshi bilishadi. HumoArena muz kosmpleksining o`zi - ko`p funksionalli, demak, u erda turli seksiyalar va yo`nalishlar yo`lga qo`yiladi. Ko`p narsa ommaviy axborot vositalariga bog`liq: motivasiya beruvchi roliklar, materiallar tayyorlash zarur, toki ota-onalar bundan xabar topib, farzandlarini sport bilan shug`ullanish uchun olib kelishsin. Bu millat kelajagi uchun ham juda katta foyda bo`ladi".
Yuriy Korsunsev olgan suratlar