AsosiyJamiyat

Yangierdagi xonadonda yuz bergan yong`inda qariyaning jasadi topildi

'Yangierdagi xonadonda yuz bergan yong`inda qariyaning jasadi topildi'ning rasmi

2019 yil 6 mart kuni Sirdaryo viloyatining Yangier shahrida yashagan 83 yoshli A.B.ning uyida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ko`rilgan choralar natijasida yong`in o`chirilgan. Shundan so`ng uydan A.B.ning jasadi topilgan.

Ofat oqibatida uyning pol qismi va uy jihozlari yonib, zarar ko`rgan. Yong`inning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar