AsosiyJamiyat

MTS O`zbekistondagi faoliyati uchun AQSh hukumatiga 850 mln. $ to`laydi

'MTS O`zbekistondagi faoliyati uchun AQSh hukumatiga 850 mln. $ to`laydi'ning rasmi

MTS - Rossiya mobil operatori AQSh birjalarining qimmatbaho qog`ozlari bo`yicha komissiyasi hamda amerika adliya vazirligi bilan O`zbekistondagi shirkatiga nisbatan olib borilayotgan tergov harakatlari bo`yicha bitim imzoladi va shu bitim doirasida 850 million dollar jarima to`laydi, deb xabar qildi kompaniya matbuot-xizmati.

Kompaniya xabariga ko`ra, ushbu bitim 2004 yildan 2012 yil o`rtasigacha O`zbekistonda faoliyat yuritgan MTS kompaniyasi sho``basi atrofida yuz berayotgan surishtiruv ishlariga nuqta qo`yadi.

MTS ushbu mablag`larni 2018 yil uchinchi kvartali yakuni bo`yicha rezervlangan mablag`lar hisobidan amalga oshiradi.

2015 yilning bahorida AQSh Adliya vazirligi Gollandiya prokuraturasi bilan hamkorlikda Vimpelcom, MTS va skandinaviyaning TeliaSonera kompaniyalarining O`zbekistonning sobiq prezidentining qizi Gulnora Karimovaga aloqadorligi aytiladigan Takilant bilan tuzgan bitimlari bo`yicha surishtiruv ishlarini boshlagan edi.

O`sha yilning avgustida AQSh hukumati beshta evropa mamlakatlariga murojaat bilan chiqqan, va "o`zbek ishi" surishtiruvi doirasida bir milliard dollarlik aktivlarni muzlatib qo`yishni so`ragan edi.

Tergov versiyasiga ko`ra, operatorlar korrupsion sxema yordamida O`zbekiston bozoriga kirish, chastotalarga ega bo`lish va mamlakatda amalga oshiriladigan boshqa bitimlar uchun Karimovaga aloqador tuzilmalarga yuz millionlab dollarlarni berganlar. 2016 yilda Vimpelcom ushbu bitim doirasida 795 million dollar jarima to`lagan.

    Boshqa yangiliklar