AsosiyJamiyat

“Yashil” yo`lakdan uchish apparatlari “uchib” o`tolmadi

'“Yashil” yo`lakdan uchish apparatlari “uchib” o`tolmadi'ning rasmi

Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 26 noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasining havo bo`shlig`ida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan sanksiyasiz foydalanishda ogohlantirish chora-tadbirlari to`g`risida” 322-sonli qaroriga muvofiq, mamlakatimiz hududida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan noqonuniy foydalanish taqiqlangan.

Ammo bugungi kunda ayrim fuqarolar tomonidan noqonuniy yo`llar bilan kuzatuv kamerali va kamerasiz uchuvchisiz uchish apparatlarini mamlakatimizga olib kirishga bo`lgan urinish hamon uchramoqda.

Jumladan, “Istambul-Samarqand” yo`nalishi bilan Samarqand xalqaro aeroportiga uchib kelgan fuqaro A.U. “yashil” yo`lakdan harakatlanayotganda bojxonachilar uni belgilangan tartibda xolislar ishtirokida nazoratdan o`tkazishdi. Natijada unga tegishli bo`lgan yuk sumkasida xorijda ishlab chiqarilgan uchuvchisiz uchish apparati yashirilganligi fosh etildi. Ushbu shaxs shu tariqa o`zining qing`ir rejasini amalga oshirishga uringan ekan.

Shuningdek, aynan shu yo`nalishda parvozni yakunlab, yashil yo`lakdan harakatlanyotgan yana bir fuqaro G.A.ning sumkasi nazoratdan o`tkazilganda xuddi shunday rusumli uchuvchisiz uchish apparatini yashirin ravishda olib kirmoqchi bo`lganligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar