AQShning Indiana shtatida maktab avtobusi ishtirokida YTH sodir bo`ldi, deya xabar qilmoqda Report nashri.
Bortida 20 dan ortiq o`quvchilar bo`lgan avtobus Aurora shahridan Sinsinnati shahri tomon yo`lga chiqqan vaqtda yuk mashinasi bilan to`qnashib ketgan. Voqea oqibatida qurbon bo`lganlar yo`q. Biroq 19 nafar o`quvchilar jarohat olib, yaqin oradagi kasalxonaga etkazilgan. Hodisa qaysi haydovchining aybi bilan ro`y bergani yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






