Tojikistonlik o`qituvchi Umarali Zulfov 34 yildan beri Samarqand nonini asrab kelmoqda, deya xabar berdi TengriNews nashri.
1985 yili Umarali Samarqandga ish bo`yicha yo`l oladi, O`zbekistondan yurtiga katta taassurotlar, qo`lida kattakon non bilan qaytadi. Nonni Umaraliga mahalliy aholi tortiq qilishgan edi. O`shandan beri Umarali nonni ko`z qorachig`idek asraydi.
“Biz bu Samarqand noniga ba`zida kungaboqar moyi surtib qo`yamiz. Ko`pchilik bu non 34 yil oldin pishirilganiga ishonmaydi”, deydi tojikistonlik o`qituvchi.
Samarqand noni suvi qochmasligi bilan mashhur. Uni mog`or bosmaydi, shunchaki tosh qotadi. Biroz suv sepib, isitilsa, non yana yumshab mazali bo`ladi.






