Yangi “Uzuklar hukmdori” serialining vaqti aniq bo`ldi, deb xabar qilmoqda Kinopoisk.ru nashri.
Unga ko`ra, serial voqealari Ikkinchi davrda bo`lib o`tadi, bu esa Piter Jeksonning trilogiyasidan 3000 yil avval deganidir.
Shu tarzda birinchi mavsumda yosh Aragorn haqida so`z borishi to`g`risidagi mish-mishlarga chek qo`yildi. Bo`lg`usi qirolning tug`ilishiga qadar hali ancha vaqt o`tadi.
Serialning beshta mavsumi chiqariladi, umumiy byudjet esa taxminan 1 mlrd dollar bo`lishi mumkin.






