O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishiga asosan Kurbanov Abdujalil Tuxtamurodovich Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig`i etib tayinlandi.
Abdujalil Kurbanov 1974 yilda Samarqand viloyatida tug`ilgan. U 1996 yilda Samarqand moliya kollejini, 2008 yilda Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi institutini tamomlagan.
Soliq tizimidagi faoliyatini 1996 yilda Navoiy viloyati Zarafshon shahar davlat soliq inspeksiyasida boshlagan A.Kurbanov, 23 yil davomida turli mas`ul va rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Hozirgi kunga qadar Davlat soliq qo`mitasida boshqarma boshlig`i lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.
Shu bilan birga, Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari etib Inagamov Alovitdin Xusnitdinovich tayinlandi.

A.Inagamov 1980 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. 2002 yilda Toshkent soliq kollejini, 2009 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.
2002 yildan buyon soliq tizimidagi 17 yillik mehnat faoliyati davomida Toshkent shahrining Chilonzor tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig`i, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari hamda shu kunga qadar Bektemir tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig`i lavozimlarida ishlagan.
Davlat soliq qo`mitasi
Jamoatchilik bilan aloqalar






