2019 yili adabiyot bo`yicha birvarakayiga ikki Nobel mukofoti topshiriladi, deya xabar berdi Godliteratury.ru nashri.
Yangi mavsumda Shvesiya akademiyasi qo`ldan boy berilganlarning o`rnini to`ldirmoqchi – joriy yilda adabiyot sohasida birdaniga ikki laureatga Nobel mukofoti topshiriladi.
10 dekabr kuni 2018 va 2019 yil uchun mukofot o`z sohiblariga topshiriladi.
2018 yili Akademiyadagi janjalli holatlar tufayli Adabiyot bo`yicha mukofot topshirilishi keyingi yilga qoldirilgan edi.
Tarixda mukofot topshirilishi 7 marta to`xtatilgan bo`lib, uning oltitasi jahon urushlari bilan bog`liq edi.






