Joriy yilda Vinni-Pux haqidagi ilk kitob dunyo yuzini ko`rganiga 93 yil to`ladi, deya xabar bermoqda Ria.ru nashri.
Vinni-Pux haqidagi ilk kitob 1926 yil 14 oktyabrda sotuvga chiqadi. Ana shundan so`ng britaniyalik yozuvchi Alan Milnning asari eng ko`p xarid qilinadigan jahon bolalar adabiyoti asariga aylanadi. Mashhur ayiqchaning nomi ko`chalarga beriladi, hatto shu nomdagi sport turi ham paydo bo`ladi, uning “yuzi” 18 mamlakat pochta markasini bezaydi. Ko`plab ekranizasiyalar va teatr postanovkalari paydo bo`ladi.
Walt Disney kompaniyasi “Yo`lbarsning sarguzashtlari” (2000), “Rojdestvo Puxi” (2002) va “Tangacha katta kinoda” trilogiyasini katta ekranlarga chiqaradi. Trilogiya multfilm yaratuvchilariga yuz million dollarga tushadi, ammo istarasi issiq qahramonlar tufayli bu mablag` bir necha barobar ko`p bo`lib qaytib keladi.