Xitoyda ilk virtual suxandon ayol paydo bo`ldi, deb xabar berdi Segodnya.ua nashri.
2018 yili “Sinxua” Xitoy davlat axborot agentligi Sogou.com bilan birgalikda dunyodagi ilk sun`iy intellektli teleboshlovchini namoyish etgan edi. Yaqinda esa agentlik neyrotarmoqdan dunyodagi ilk boshlovchi virtual ayolni yaratdi. Unga Sin Syaomen deb ism berildi.
Sinning mimikasi har qanday ayolning yuz harakatlariga to`g`ri keladi, biroq sinchkov tomoshabin uning lablaridagi defektni payqashi mumkin.
Sinning professional debyuti mart oyidan boshlandi.






