AsosiyJamiyat

Haydovchilik guvohnomasini berish tartibi o`zgardi

'Haydovchilik guvohnomasini berish tartibi o`zgardi'ning rasmi

Haydovchilik guvohnomalarni almashtirishda talab qilinadigan tartiblarga o`zgartish kiritildi.

Hukumat qarori bilan milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to`g`risidagi qonunchilikka qo`shimcha kiritildi. Bu haqida “Huquqiy axborot” kanali ma`lum qildi.

Nizomga kiritilgan qo`shimchalarga muvofiq, guvohnomalarni almashtirishda quyidagilarni talab qilish taqiqlandi:

• haydovchining imtihon varaqasi;

• milliy guvohnomani bergan YHXB tasdiqnomasi;

• tibbiy ma`lumotnoma;

• transport vositasini 12 oy boshqarganligini tasdiqlovchi hujjat.

Ya`ni, 2020 yil 31 dekabrgacha milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi guvohnomalarga almashtirish uchun pasport va eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi hamda uning talonigina taqdim etiladi.

    Boshqa yangiliklar