AsosiyJamiyat

AKT vaziri Navoiyda: tizimli o`rganish davom etmoqda

'AKT vaziri Navoiyda: tizimli o`rganish davom etmoqda'ning rasmi

Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov hududlarda AKTni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli ravishda o`rganishni davom ettirmoqda, bu haqda O`zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun, 11 mart kuni AKT vaziri telekommunikasiya infratuzilmalari, pochta sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o`rganish maqsadida Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida bo`ldi. Uchrashuvlar davomida soha korxonalari daromadini oshirish, yangi xizmatlarni yo`lga qo`yish, tarmoqda faoliyat yuritayotgan xodimlarning turmush darajasini yaxshilash, ularga munosib shart-sharoitlar yaratib berish masalalari tahlil qilindi.

Shuhrat Sodiqov qishloq hududlarida aholiga zamonaviy telekommunikasiya va pochta xizmatlarini ko`rsatish bo`yicha ishlarni jadallashtirish, xizmat ko`rsatish sifatini yanada oshirish lozimligini ta`kidladi. Chunki hududlarda internet va boshqa AT-xizmatlarga talab kundan-kunga oshib bormoqda.

Eslatib o`tamiz, AKT vaziri bunga qadar Farg`ona, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax va Namangan viloyatlarida bo`lib, axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish holatini o`rgangandi.

    Boshqa yangiliklar