AsosiyJamiyat

Din ishlari bo`yicha qo`mita: Yurtimiz hududida diniy manbalar, qadriyatlar, muqaddas tuyg`ular hurmat qilinishi shart

'Din ishlari bo`yicha qo`mita: Yurtimiz hududida diniy manbalar, qadriyatlar, muqaddas tuyg`ular hurmat qilinishi shart'ning rasmi

Internet, ijtimoiy tarmoqlar biz yashayotgan asrni olamshumul va tasavvurga sig`maydigan qiyofada namoyon etmoqda. Bugunga kelib bir insonning qarashlari jamiyatning boshqa a`zolariga va hattoki, butun jamiyatga ta`sir etmay qolmayapti.

Avvalo shuni qayd etish lozimki, O`zbekiston fuqarosi (u kim bo`lishidan qat`i nazar) Konstitusiya va qonunlarga rioya etishi, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha`ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdir.

Diniy ta`limot o`ta nozik va xassos bo`lgani tufayli muayyan din nomidan va uning mohiyati haqida faqatgina mutaxassislar munosabat bildirishlari maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.

Yurtimiz hududida diniy manbalar, qadriyatlar, muqaddas tuyg`ular hurmat qilinishi shart. Ularga nisbatan haqoratli so`z ishlatish, yomon munosabatda bo`lishga hech kimning haqqi yo`q.

O`zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida”gi qonunda fuqarolarning diniy e`tiqodi bilan bog`liq his-tuyg`ularini haqoratlash, diniy qadriyatlarni oyoq osti qilish qonunda belgilangan javobgarlikni keltirib chiqarishi keltirib o`tilgan.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Din ishlari bo`yicha qo`mita

    Boshqa yangiliklar