Meksikaning Guanaxuato shtatida joylashgan tungi klubga hujum uyushtirildi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Ma`lumotlarga ko`ra, bir guruh qurollangan shaxslar binoga bostirib kirib, u erdagi odamlar va xodimlarni o`qqa tuta boshlashgan. Voqeaoqibatida kamida 15 kishi halok bo`ldi. Shuningdek, yana bir necha kishi jabrlangani xabar qilinmoqda. Jinoyatchilar voqea joyidan qochishga muvaffaq bo`lishgan.






