1

Prezident yangi qiyofa kasb etgan "Chashma" tarixiy majmuasida bo`lib, ziyolilar bilan suhbatlashdi (Fotoreportaj)

Jamiyat 12.03.2019, 16:54
Teglar: Foto
Prezident yangi qiyofa kasb etgan "Chashma" tarixiy majmuasida bo`lib, ziyolilar bilan suhbatlashdi (Fotoreportaj)

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yili Navoiy viloyatiga tashrifi chog`ida Nurota tumanidagi «Chashma» ziyoratgohi atrofini kengaytirish va obodonlashtirish, sayyohlar uchun zamonaviy mehmonxona qurish yuzasidan ko`rsatmalar bergan edi.

O`tgan yili bu ishlar to`la amalga oshirilib, ziyoratgoh hududi o`zgacha chiroy ochdi. Ellik o`rinli «Nurota» mehmonxonasi foydalanishga topshirildi. Manzarali buta va daraxtlar ekilib, favvora bunyod etildi. Ziyoratchilar hordiq chiqarishi uchun so`ri va o`rindiqlar o`rnatildi. Muzey binosi, Hunarmandchilik markazini barpo etish davom etmoqda.

Davlatimiz rahbari tarixiy qadamjoni ziyorat qildi, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini ko`zdan kechirdi.

«Chilustun» va «Panjvaqta» masjidlari, Abul Hasan Nuriy maqbarasini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.

Shu boradagi loyiha takliflari bilan tanishar ekan, Prezidentimiz ziyoratchi va chet ellik sayyohlar uchun qulayliklarni oshirish, talab yuqoriligini inobatga olib yana sakson o`rinli mehmonxona qurish, sayyohlarga xizmat turlarini ko`paytirib, aholini qo`shimcha daromad bilan ta`minlash zarurligini ta`kidladi.

Quduqlar barpo etish va tomchilatib sug`orishni yo`lga qo`yish orqali Nurota tumanidagi lalmi erlardan samarali foydalanish, dukkakli ekinlar etishtirish va chorvachilikni kengaytirish, parrandachilik-g`allachilik klasteri tashkil etish rejalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoev ushbu barcha chora-tadbirlarni qamrab olgan, Nurota tumanini kompleks rivojlantirish bo`yicha hukumat qarorini ishlab chiqish yuzasidan topshiriq berdi.

Mahalliy aholi vakillari - nuroniylar, tadbirkorlar, xotin-qizlar va yoshlar bilan suhbatda shu kabi rejalar, mamlakatimiz va Navoiy viloyatidagi o`zgarishlar haqida so`z bordi.

Prezidentimiz Nurota tumanida ham to`planib qolgan masalalar bosqichma-bosqich hal etilayotgani, ushbu tashrif chog`ida yana ulkan rejalar belgilanishini qayd etdi.

- Odamlar bizga ishonyapti, ertangi kunga umid bilan qarayapti. Bu ishonchni har bir rahbar yuragidan o`tkazib, yangicha dunyoqarash bilan ishlashi, xalqqa xizmat qilishi kerak. Eng katta masala - ish joylari. Hamma harakatlarimiz aholini ish bilan ta`minlash, iqtisodiyotimizni rivojlantirishga qaratilgan, - dedi davlatimiz rahbari.





Sharhlar

Xitoyda ertalabdan o`zini baxtsiz his qilganlar ishga kelishi shart emas

25.04.2024, 07:33

Xitoyning Xenan provinsiyasidagi chakana savdo tarmog`i asoschisi Yu Donglay xodimlarga ish va hayot muvozanatini yaxshilashga yordam berish uchun “baxtsiz ta`til” kunlarini joriy qildi, deb yozadi...
U nega qamalganini ochiqladi

01.04.2024, 16:31

Ijtimoiy tarmoqlarda Solixon domla nomi bilan tanilgan Solixon Ortiqxo`jaev 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari Darakchi.uz ga xabar berdi.2024 yil 30 mart Toshkent...
Pedagoglarni 3 yil kuttirgan qonun nihoyat imzolandi

21.02.2024, 17:28

Xabaringiz bor, 2024 yil 1 fevral kuni “Pedagogning maqomi to`g`risida”gi Qonun imzolandi. Undagi pedagoglar uchun eng asosiy o`zgarishlardan biri – endi maktabga yangi ishga kirgan...
⚡️iPhone 16 ko`rinishi e`lon qilindi

13.02.2024, 09:36

Tvitterda Majin Bu taxallusi ostida yashiringan taniqli Apple insayderi yangi avlod iPhonelari haqida yangi ma`lumotlar bilan bo`lishdi. Insayder xabaridan ma`lum bo`lishicha, kompaniya bir vaqtning o`zida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1