AsosiyJamiyat

Amerika talabalari o`zbekistonlik ko`ngilli yoshlarni loyihalarda birga ishlashga taklif qildi

'Amerika talabalari o`zbekistonlik ko`ngilli yoshlarni loyihalarda birga ishlashga  taklif qildi'ning rasmi

Poytaxtimizdagi “Yoshlar markazi”da Vashington shahridagi Amerika universitetining bir guruh talabalari ishtirokida “Yoshlarning diplomatiya va xalqaro munosabatlardagi o`rni” mavzusida konferensiya bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston yoshlar ittifoqi vakillari, o`zbekistonlik ko`ngilli yoshlar hamda oliy ta`lim muassasalari talabalari qatnashdi.

Uchrashuvda O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengash raisining birinchi o`rinbosari Alisher Sa`dullaev “Mamlakat rivojlanishida yoshlarning o`rni” mavzusidagi taqdimotida ko`ngillilik harakati hozir dunyoda keng tarqalayotgan mashhur sohalardan ekanligini ta`kidladi. Shuningdek, bu maqom insonlarning muammolari echimiga, ularning farovon hayotiga xizmat qilishi, ezgu tashabbus va loyihalarni o`z moddiy manfaatlarisiz amalga oshirilishi bilan ahamiyatli ekanligi bilan bog`liq fikrlarini bildirdi.

—Bugun delegasiya a`zolario`z loyihalari taqdimotini namoyish etdi. O`zbekistonlik ko`ngillilar ham turizm, ta`lim tizimi va innovasion loyihalarga qaratilgan taqdimotlari bilan faollik ko`rsatdi, — deydi “Youth Project Management” loyiha boshqaruvchisi Muhabbat Rustamova. —Tadbir yakunida Amerika talabalari o`zbekistonlik ko`ngilli yoshlarni Amerikada bir qator loyihalarda birga ishlashgataklif qildi.

Qatnashchilar O`zbekiston va AQShdagi ta`lim tizimi, globallashuv jarayoni, xalqaro yoshlar tashkiloti va jamiyatda ayollarning o`rni, ularning etakchilik qobiliyati, yoshlar bandligi, iqtisodiy rivojlanish yo`li kabi masalalarda fikr-mulohazalar yuritdi.

—Muzokaralarga boy bo`lgan jonli muloqotdan so`ng O`zbekistondagi diplomatiya va xalqaro aloqalarga bo`lgan qiziqishim yanada ortdi. Konferensiya yakunida O`zbekistonda ko`ngillilar davrasini kengaytirishga doir takliflar bildirildi, — deydi O`zbekiston Davlat jahon tillari universiteti talabasi Muydinjon Yoquboy. — Men ham uchrashuv davomida o`z loyihamni taqdim etdim. Ko`ngillar harakatini qariyalar va nogironlar uyidaamalga oshirishga qaratilgan tashabbusimda yoshlar ko`magiga muhtoj nuroniylargaixtiyoriy ravishda madaniy dasturlar tashkil etish, ularga chet tillarini o`qitish.

O`zaro tajriba almashinuvida yoshlar xalqaro iqtisodiyot va menejment, xalqaro huquq va huquqiy siyosat, jahon tarixi va madaniyati bo`yicha chuqur bilimga ega bo`lishi lozimligi aytib o`tildi.Bundan tashqari yoshlar xalqaro hamkorlikda muzokaralar yuritishi, har qanday sharoitda puxta o`ylangan qaror qabul qila olish ko`nikmalarini shakllantirishga doir tavsiyalar berildi.

—Konferensiyada xorijlik sayyohlar uchun o`zbekistonlik ko`ngilli yoshlarning bepul tarjimonlik xizmatiga doir loyihamning taqdimoti bilan qatnashyapman. Mazkur innovasion loyiha faqatgina internet orqali amalga oshiriladi, — deydi O`zbekiston Davlat jahon tillari universiteti talabasi Dilshodbek Nurmetov. — Bu loyihaning O`zbekistonda muqobili yo`q. Unda bizning safimizdagi ko`ngilli yoshlar freetour.com internet sayti orqali xorijlik sayyohlardan O`zbekistonga sayohat yuzasidan getlik xizmati bo`yicha bepul buyurtma qabul qiladi. Sal kam ikki yil davomida 10 nafar ko`ngilli yoshlar bilan Xorazm, Samarqand, Buxoro kabi viloyatlarning diqqatga sazovor joylariga sayohatlarda samarali ish olib bordik. Ko`plab xorijlik do`stlar orttirdik.

Shahnoza Nurullaeva

    Boshqa yangiliklar