AsosiyJamiyat

2025 yilga qadar suv tanqisligidan 2 milliard aholi aziyat chekadi(mi)?

'2025 yilga qadar suv tanqisligidan 2 milliard aholi aziyat chekadi(mi)?'ning rasmi

O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida “O`zbekiston ekologik partiyasi va yoshlar – maqsad, reja, natija” mavzusida onlayn vebinar bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy Kengashlari hamda Ekologik partiyaning hududiy bo`linmalari mas`ul xodimlari, hududiy boshqarma, tashkilot va oliy ta`lim muassasalarining boshlang`ich tashkilot etakchilari, ko`ngilli yoshlar qatnashdi.

Vebinarda mamlakatimizning bugungi kundagi ekologik vaziyati, atrof-muhitni asrash borasida olib borilayotgan ishlar va mavjud kamchiliklar, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari, ekologik rivojlanishda yoshlar ishtirokining ahamiyati keng muhokama etildi.

—Hozirda Er yuzida 1,5 mlrd aholi sanitariya normalariga binoan xavfsiz ichimlik suviga ega emas. Har kun dunyoda 5 ming kishi ifloslangan ichimlik suvidan foydalanish oqibatida olamdan ko`z yumadi. 2025 yilga qadar suv tanqisligidan2 mlrd. aholi aziyat chekish ehtimoli bor, – deydi O`zbekiston ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo`mitasi raisi Boriy Alixanov.

Shuningdek, insoniyat bir yil davomida iste`mol etadigan energiyani Quyosh bir soatda berishi, qayta tiklanuvchi energiyamanbalarining tatbiq etilishi natijasida Er yuzida hozirda 2,5 mln. kishi ish bilan ta`minlangani haqida ma`lumotlar berildi.

O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o`rinbosari Begmat Ochilov suv resurslarini samarali taqsimlash dunyoning barcha mintaqalari uchun dolzarb muammo ekanligini alohida ta`kidladi. Ochiq suv oqimlari bo`lgan davlatlar o`z hududlari chegarasida transchegaraviy suv oqimlaridan umume`tirof etilgan xalqaro huquq tamoyillari va me`yorlari bo`yicha foydalanishi shartligini aytib o`tdi.

Muloqotda yurtimizda sohaga oid amalga oshirilayotgan islohotlar, ona tabiatni asrash, kelgusi avlodlarga bekamuko`st etkazishda yoshlar etakchilarining o`rni va vazifasi hamda bugungi kundagi orol muammosi haqida fikr-mulohazalar yuritilib, aholining ekologiyaga bo`lgan noto`g`ri munosabati va undan kelib chiqayotgan salbiy illatlarni oldini olish masalasio`rtaga tashlandi. Jumladan, Orol dengiziinqirozi bilan vujudga kelgan ekologik muammolar va dengizning qurigan qismida maydoni 5,5 mln. ga bo`lgan yangi cho`l – Orolqum bilan bog`liq taqdimotlar namoyish etildi.

Bundan tashqari vebinarda O`zbekiston Ekologik partiyasining maqsadi va faoliyat yo`nalishlari, istiqboldagi vazifalari, shuningdek saylovoldi dasturlari haqida atroflicha tushunchalar berib o`tildi. O`zbekiston Ekologik partiyasi va O`zbekiston yoshlar ittifoqining kelgusidagi hamkorligi belgilab olindi va partiyaga qiziquvchi yoshlar ixtiyoriy ravishda partiyaga a`zolikka taklif etildi.

Vebinar davomida tinglovchilar tabiatni muhofaza qilish, atrof-muhitga oqilona munosabatda bo`lish borasida o`zlariga kerakli hulosalarni chiqarib oldi. Tadbir yakunidaspikerlar ishtirokchilarning savollariga javob berishdi.

Shahnoza Nurullaeva

    Boshqa yangiliklar