Jazoir prezidenti 82 yoshli Abdulaziz Butafliqa mamlakat prezidenti lavozimiga o`z nomzodini qo`yishdan voz kechdi, deb xabar berdi Trend nashri.
U salomatligidagi muammolar tufayli 5-marotaba nomzodini ilgari surish fikridan qaytgan. Prezident xalqqa qilgan murojaati chog`ida “Sog`lig`im va yoshim Jazoir xalqi oldida o`z majburiyatlarimni bajarishga imkon bermaydi”, deya ta`kidlagan.
Bir necha hafta oldin Butafliqa aprel oyida o`tkaziladigan prezident saylovlarida ishtirok etishini ma`lum qilganidan so`ng mamlakatda bunga qarshi ommaviy noroziliklar boshlangandi.






