AsosiyDunyo

Venesuelada jinoyatlar soni ortib bormoqda

'Venesuelada jinoyatlar soni ortib bormoqda 'ning rasmi

Venesuelada kuzatilayotgan elektr toki uzilishi bilan bog`liq vaziyat ortidan mamlakatda jinoyatlar soni ortib bormoqda, deya xabar qilmoqda Day.Az nashri.

Poytaxt Karakasda ayni vaqtda supermarket va do`konlar yopilgan. Olingan so`nggi ma`lumotlarga ko`ra, polisiya 50 dan ortiq kishini do`konlarga o`g`rilik uchun kirgan vaqtida qo`lga olgan. Aksariyat joylarda jinoyatchilar oynalarni sindirib, ichkaridan o`zlari istagan narsani olib chiqib ketishmoqda. Venesuela hukumati bu holatga AQShni aybdor qilib ko`rsatgan. O`zini mamlakat prezidenti deb e`lon qilgan Xuan Guaydo esa energiya inqirozida prezident Nikolas Maduroni ayblamoqda. Guaydo tizimni qayta tiklashda yordam so`rab, Yaponiya va Germaniyaga murojaat qilganini ma`lum etgan.

    Boshqa yangiliklar