AsosiyDunyo

Karles Puchdemon Evropa parlamentiga saylovlarda ishtirok etadi

'Karles Puchdemon Evropa parlamentiga saylovlarda ishtirok etadi 'ning rasmi

Kataloniyaning sobiq etakchisi Karles Puchdemon Evropa parlamentiga saylovlarda ishtirok etishini ma`lum qildi, deya xabar qildi Report nashri.

Uni “Kataloniya uchun” partiyasi nomzod qilib ko`rsatgan. Puchdemonning so`zlariga qaraganda, saylovlarda ishtirok etish Evropaning e`tiborini Kataloniyadagi mojaroga qaratishga yordam beradi.

Shuningdek, Kataloniya xalqaro miqyosda o`z taqdirini belgilash huquqini berishga qaratilgan yana bir qadam bo`ladi, deydi Puchdemon. U Kataloniya mustaqilligi uchun umumxalq referendumi o`tkazganidan so`ng Ispaniya Bosh prokuraturasi tomonidan qo`zg`alon uyushtirganlikda ayblangan va Belgiyaga qochib o`tgan.

    Boshqa yangiliklar