AsosiyJamiyat

“Visa” to`lov kartalarini ochish 1 aprelga qadar bepul amalga oshiriladi

'“Visa” to`lov kartalarini ochish 1 aprelga qadar bepul amalga oshiriladi'ning rasmi

Poytaxtimizda Xalq banki vakillari “Onlayn konversiya: qulay, tezkor va tejamkor” mavzusida matbuot anjumani o`tkazmoqda.

Unda aholiga xorijiy valyuta oldi-sotdisi bo`yicha yaratilgan qulayliklar ma`lum qilinmoqda.

Ulardan biri Xalq bankining “Xalq mobile” mobil ilovasi bo`lib, bankning istalgan bo`limidan xalqaro “Viza” to`lov kartasini ochgan holda “Xalq mobile” mobil ilovasi orqali “onlayn” rejimida istalgan vaqtda konversiya qilish (xorijiy valyuta dollarni sotib olish) imkoniyati yaratilgan.

“Xalq mobile” mobil ilovasini “Android” va “IOS” operasion tizimida ishlaydigan mobil telefonlari uchun “Play Market” va “AppStore” dasturlari orqali yuklab olishingiz mumkin.

Ayni vaqtda bankning barcha filiallarida valyuta terminallari o`rnatilgan bo`lib, ularning soni 247 tani tashkil etmoqda. Shuningdek, turistlar ko`proq boradigan joylarda “24/7” yoki kunu tun rejimida ishlaydigan o`ndan ziyod avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchasi tashkil etildi.

Qo`shimcha ravishda yana beshta avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari qisqa muddatda aholi gavjum joylarga o`rnatiladi.

Bankning Andijon, Namangan, Farg`ona, va Surxondaryo viloyatlarining Amaliyot bo`limlari shular sirasidandir.

Ayni vaqtda xalqaro “Visa” to`lov kartalarini ochish joriy yilning 1 apreliga qadar bepul amalga oshiriladi.

Xalq banki tomonidan emissiya qilingan xalqaro to`lov kartalaridagi mablag`larni echish ham shu muddatga qadar bepul amalga oshiriladi. Xalqaro to`lov kartasining depozit summasi 25 dollarda 15 dollarga tushirildi.

Bugungi kunda Xalq bankining valyuta ayirboshlash shoxobchalarida AQSh dollari, Evro, Angliya funt sterlingi, Shvesariya franki, Yaponiya ienasi, Rossiya rubli va Qozog`iston tengesi milliy valyutaga (so`mga) almashtirib berilmoqda.

    Boshqa yangiliklar