Ma`lumki, joriy yilning 23 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 163-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlarga sezilarli darajadagi engilliklar yaratildi.
Bugungi kunda, Qoraqalpog`iston Respublikasi bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan ushbu qaror mazmun-mohiyatini eksportyorlarga tushuntirish maqsadida keng ko`lamli targ`ibot ishlari amalga oshirilmoqda.
Shunday tadbirlardan biri, Nukus shahrida joylashgan “Global Food Impex” ma`suliyati cheklangan jamiyatiga qarashli 3 gektar maydonda chet el texnologiyasi asosida barpo etilgan issiqxonada amalga oshirildi. Shuningdek, ushbu korxona faoliyati bilan yaqindan tanishilgan holda mazkur jamiyat a`zolariga yangi qabul qilingan qaror mazmuni to`g`risida batafsil tushunchalar berildi.






