AsosiyJamiyat

Etti xazina haqida bilasizmi?

'Etti xazina haqida bilasizmi?'ning rasmi

Xalqimiz etti xazina deganda, sigir, tovuq, asalari, ipak qurti, objuvoz (moyjuvoz), tegirmon va o`rmonni nazarda tutadi. Bu bejiz emas. Fikrimiz tasdig`ini birgina asalari misolida ko`radigan bo`lsak, uning asali, zahri, suti, propolisi, gulchangi ming dardga davo, mumidan esa sanoatimizda keng foydalaniladi. Paxta dalalaridag`o`za gullagan davrda bir milliondan ko`proq asalari oilalarini boqish mumkin. Ayni paytda respublikamizda 460 mingdan ziyod asalari oilasi mavjud.

Ipak qurti esa pillachilikda ancha asqatadi. Mazkur soha agrar tarmoqning asosiy yo`nalishlaridan biri. Uning mahsuloti tabiiy ipak olish manbai bo`lgan ipak qurti pillalari hisoblanadi. Jahon bozorida ipak mahsulotlariga bo`lgan talabning tobora oshib borayotganligi o`z navbatida, mamlakatimizda pilla etishtirish hajmlarini bosqichma-bosqich oshirish va sifatini yanada yaxshilashni taqozo etmoqda.

Respublikaning tabiiy iqlim sharoitida har ikkala soha turlari bilan shug`ullanib, yaxshigina daromad olish uchun serasal o`simliklarni ko`paytirish, asalari oilasini tezkor texnologiya yo`llari bilan boqish, ipakchilikda tutzorlarni ko`paytirish, inkubatoriy va qurtxonalar uchun binolarni tanlash, ularni isitishga oid qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yurtimizning barcha hududlarida “Ipak qurti etti xazinaning biri” va “Asalarichilik sirlari” mavzularida master-klasslar o`tkazilyapti.

O`zbekiston yoshlar ittifoqi, O`zbekiston yosh fermerlari Kengashi hamda “O`zbekistonasalarichilari” va “O`zbekipaksanoat” uyushmalari bilan hamkorlikda Urganch tuman qishloq xo`jaligi kasb-hunar kollejida “Asalarichilik sirlari” bo`yicha mahorat darslari tashkil etildi.

Unda ishsiz yoshlarni kasbga o`rgatishga, ular o`rtasida asalarichilikni keng targ`ib etishga alohida e`tibor qaratildi. Sohaning tajribali mutaxassislari ma`ruzalarida asalarichilikda veterinariya xizmati, asalarilar hayoti va ularda uchraydigankasalliklar hamda xozirgi kunda asalarilarni parvarishlashga qaratilgan imkoniyatlar bo`yicha ishtirokchilar bilim va ko`nikmalarini yanada oshirdi.

O`quv davomida Xorazm viloyati asalarichilik uyushmasi rahbari Orif Yunusov qatnashchilarni Xorazm viloyati asalarichilik uyushmasining faoliyati, maktab tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar va belgilab berilgan talablar bilan tanishtirib o`tdi.

Havaskor yoshlar Xorazm asallari qanday kasalliklarga davo bo`lishi, 5 ta asalari uyasi parvarish qilish qancha mablag`, vaqt talab qilishi hamda 1 yilda olinadigan daromad miqdori bilan bog`liq asosli ma`lumotlarga ega bo`ldi.

Qizg`in savol-javoblar va murojaatlar davomida Shukurjon Jumaniyozova asalarichilik faoliyatini yo`lga qo`yish uchun kredit olish bo`yicha murojaat qildi. To`g`ri yo`naltirilgan yosh fermerga o`z hududidagi bankdan 3 yilga 6 oy imtiyozli davr bilan 8 % li kredit ajratilishi mumkinligi aytib o`tildi.

Shuningdek, eng kam oylik ish xaqining 150 barobari miqdorida kredit oluvchilar uchun kafil ham ta`minot garovi ham talab qilinmasligi faqatgina maxalla raisi va sektor rahbari tomonidan kafillik xati etarliligi yoshlar uchun ayni muddao bo`ldi.

Agro sayohatda asalarilar uyalari oldida amaliy mashg`ulotlar o`tkazilib, ishchi asalari, ona asalari, erkak asalarilar va asalarilarning 40-45 kun yashashi xususida fikr-mulohazalar yuritildi.

Bugungi kunda asallarni qayta ishlash bo`yicha Xorazm viloyati asalarichilik uyushmasi tomonidan asalni qayta ishlovchiinnovasion “Polsha” texnologiyasi xorijdan O`zbekistonga olib kelingan. Yosh fermerlar ayni shu sexga tashrif buyurishdi. Orif Yunusov mazkur uyushma soxaga qiziquvchi yoshlarga asalarichilik faoliyati bo`yicha kredit olishlari uchun ko`maklashishini, ustoz-shogird an`analariga muvofiq xar bir yosh uchun tajribali mutaxassis biriktirib, bir yil ichida “yosh asalarichi” mutaxassislarni tayyorlashini alohida ta`kidladi.

Bu kabi seminarlar Qoraqalpog`iston Respublikasida ham davom etdi. Amudaryo tumanidagi “Erkin Rasulov Asalchi” fermer xo`jaligida “Asalarichilik sirlari” mavzusida ko`rgazmali mahorat darsi bo`lib o`tdi. Asal etishtirish usullari, asalarini boqish va ularga joy tanlash bo`yicha taqdimotlar namoyish etildi.

Tadbir so`nggida 1 nafar O`zbekiston yoshlar ittifoqi Amudaryo tumani Kengashi kafilligi asosida jazodan ozod etilgan va 3 nafar ishsiz yoshlar, 2 nafar kasb-xunar kollej bitiruvchilari asalarichilik bilan shug`ullanish istagini bildirdi. Ular kerakli tajriba oshirishishlari uchun “Erkin Rasulov Asalchi” fermer xo`jaligiga biriktirildi.

Shahnoza Nurullaeva

    Boshqa yangiliklar