Bugun O`zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan poytaxtimizning Sergeli tumani hokimligida “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda jamoatchilikning o`rni” mavzuida ochiq muloqot bo`lib o`tdi.
Unda O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o`rinbosari – Begmat Ochilov, Ittifoqning Toshkent shahar Kengashi raisi – Akmal Jumaboev, O`zbekiston Musulmonlar idorasi raisi o`rinbosari – Ibrohim Inomov, O`zbekiston faxriylarning ijtimoiy faoliyatini qo`llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg`armasi boshqaruvi raisining maslahatchisi – Sobir Qurbonov va Amir Temur Xalqaro ekspedisiyasining rahbari – Faxriddin Ashrafxo`jaevlar ishtirok etdi.
Muloqotda yoshlar siyosatini samarali tashkil etishda qator vazirlik, idora va tashkilotlar mas`ul ekani alohida ta`kidlandi.
Sergelilik yoshlar hayotida yuz berayotgan o`zgarishlar, ularning tashabbuslari bilan tanishish maqsadida Ittifoqning Sergeli tuman Kengashi raisi Gulnora Hojimetova bilan suhbatlashdik.
– Sergeli tuman Kengashida faoliyat boshlaganimga 2 oydan oshdi. Tuman yoshlarini o`rganish jarayonida bir narsaga amin bo`ldimki, ular o`zlari uchun qanday imkoniyatlar yaratilgani bilan ko`pam qiziqavermaydi. Ishni yoshlarni uyg`otishdan boshladim. Buning bir yo`li tengdoshlari erishgan yutuqlarini ko`rsatish, bu orqali ularda havas va harakatni yuzaga chiqarish edi. Yutuqlarga erishgan, oliy ta`lim muassasalariga Ittifoq tavsiyanomasi bilan imtiyozli kirgan yoshlar bilan suhbatlar o`tkazdik. Shundan keyin yoshlarimizda jonlanish sezildi.
Opa, qanday tadbirkorlik qilsak bo`ladi” deb kelganlarni yig`dim-da, tumandagi
Tumandagi Ittifoq komandasini shunday qilib to`pladim va yana jamoani kengaytirib boryapman.
Albatta yoshlar bilan ishlash, ular o`rtasidagi huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni oldini olish, bandligini ta`minlash bu birgina tashkilotning emas, keng jamoatchilikning vazifasi hamdir. Shuning uchun biz bugungi muloqotimizni tashkil qildik.
Ta`kidlash kerakki, muloqotda sohadagi amaliy ishlar tahlil qilinib,mutasaddilar tomonidan yo`l qo`yilayotgan ayrim kamchiliklar hamda erishilgan natijalar haqida ma`lumot berildi.
Kelgusida ijobiy natijalarni qo`lga kiritishga qaratilganustuvor chora-tadbirlarni amalga oshirish bo`yichafikr-mulohazalar yuritildi.
Go`zal Oxunova






