Amerikalik shoir, yozuvchi va tarjimon, ikki karra Puliser mukofoti sohibi Uilyam Mervin vafot etdi, deya xabar bermoqda Vesti nashri.
Mervin o`z uyida 92 yoshida qazo qilgan.
60-yillarda u Vetnam urushiga qarshi aksilurush she`rlari bilan faol bo`lgandi.
Uilyam Mervin ispan, fransuz va lotin tilidan tarjima qilgan. Ijodi davomida Dante Aligeri, Pablo Neruda, Osip Mandelshtam kabi zabardast shoirlar ijodini inglizchalashtirgan.






