Buyuk Britaniyada 104 yoshli kampir o`zini hibsga olishlarini so`radi, deb xabar bermoqda Bristol Post nashri.
“Yoshim 104 da, hamisha qonun tarafida bo`lganman, endilikda qora tomonga o`tmoqchiman”, deydi Enn Brokenbrou (Anne Brokenbrow).
Gap shundaki, Bristol shahridagi Enn Brokenbrou yashaydigan qariyalar uyi pensionerlarga xayriya aksiyasida ishtirok etishni iltimos iladi. Tadbir doirasida qariyalar o`z xohishlarini qog`ozga yozishadi va maxsus qutiga solishadi. Keyin esa kartochkalar do`konlarga ilib chiqiladi. Do`kon mijozlari bo`lsa keksalarning tilaklarini bajarishga urinib ko`rinishadi.
Mahalliy polisiya Brokenbrouning g`aroyib iltimosini bajarishga va`da berib, kampirni hibsga oldi.






