AsosiyDunyo

Silvestr Stallone “Rembo 5”ning suratga olish jarayonlarida qattiq jarohat oldi

'Silvestr Stallone “Rembo 5”ning suratga olish jarayonlarida qattiq jarohat oldi 'ning rasmi

Silvestr Stallone “Rembo 5”ning suratga olish jarayonlarida qattiq jarohat oldi, deya xabar qildi Kinonews.ru nashri.

Ammo shunga qaramay, biroz vaqtdan so`ng Stallone yana sportzalga qaytgan.

“Bilasizmi, hayot xuddi filmga o`xshaydi. Siz xuddi o`zingizning to`liq metrajli loyihangizda suratga tushayotgandeksiz. Agar siz bosh rolni ijro etmoqchi bo`lsangiz, o`rningizdan turib, olg`a intilishingiz kerak. Tez orada ko`rishguncha! Hozircha esa mashg`ulotlardan qolmang”, deydi Stallone instagram sahifasida.

“Rembo”ning beshinchi qismida Jon Rembo AQShga qaytadi. Lekin veteranning nafaqaga chiqishiga erta. Meksika chegarasida notinchlik, bu erda meksikalik narkokartellar xo`jayinlik qilishadi va kunlardan bir kuni yoshgina qiz bedarak yo`qoladi. Jon Rembo vaziyatni o`zi o`rganib qolgan uslubda qo`lga olishiga to`g`ri keladi.

Film 2019 yilning kuz oylarida katta ekranlarga chiqarilishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar