O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 martdagi “O`zstandart” agentligi huzuridagi Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqod instituti faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metiorologiya tizimlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori ijrosini ta`minlash maqsadida “O`zstandart” agentligi huzurida Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy tadqiqod instituti tashkil etilmoqda.
Institutning asosiy vazifalari:
standartlashtirish bo`yicha tarmoq texnik qo`mitalaring faolitini muvofiqlashtirish;
standartlarshtirish, texnik jihatdan tartibga solish, meterologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash;
standartlashtrish bo`yicha normativ hujjatlarni, shu jumladan, xo`jalik yurituvchi sub`ektlar va boshqa tashkilotlarning buyurtmanomalari bo`yicha shartnoma asosida ishlab chiqish realizasiya qilish;
standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metiroloriya va muvofiqlikni baholash sohalarida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va boshqalar.






