Buyuk Britaniyada vafot etgan qiz besh kishining hayotini saqlab qoldi, deb xabar berdi The Mirror nashri.
Xerstpirpoynt qishlog`ida yashovchi o`n yoshli qiz Ella Tetcher (Ella Thatcher) bolalar epilepsiyasi bilan og`rir edi. 2018 yili Elli qattiq og`riq bilan kasalxonaga tushadi. Birmuncha vaqt davomida u nafas olmay qo`yadi. Uning miyasi butunlay ishlamay qolgani ma`lum bo`ladi. Qo`llaridan hech qanday ko`mak kelmasligi tushungan ota-ona qizchaning yuragi, o`pkasi, jigari, oshqozonosti bezi va ikki buyragini kasallangan besh bolaga berishga qaror qilishadi.
Shunday qilib, Elli o`zi ajal komiga tushsa-da, besh jonni qutqarib qoldi.






