AsosiyJamiyat

Davlat bojxona qo`mitasida yosh bojxonachilar va ularning ota-onalari bilan suhbat o`tkazildi

'Davlat bojxona qo`mitasida yosh bojxonachilar va ularning ota-onalari bilan suhbat o`tkazildi'ning rasmi

Yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish maqsadida Davlat bojxona qo`mitasida xizmatga qabul qilingan yosh xodimlar va ularning ota-onalari bilan suhbat tashkil etildi. Suhbat avvalida Davlat bojxona qo`mitasi Raisi M.Azimov yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati to`g`risida ma`lumot berib, bojxona sohasida xizmat qilishning eng asosiy mezoni, halollik va poklik, Vatanga va o`z burchiga sadoqat, adolatli bo`lish va qonunlarga og`ishmay amal qilish ekanligini ta`kidladi.

Respublikamiz viloyatlaridagi hududiy bojxona boshqarmalari, “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, Milliy kinologiya markazida sharafli va mas`uliyatli xizmatni o`tashga kirishgan 25 nafar yosh bojxonachilar bilan o`tkazilgan suhbat ularning vatanparvarlik tuyg`usini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Shundan so`ng yosh xodimlarning ota-onalari bilan suhbat o`tkazilib,bojxona tizimida xizmat qilishning mas`uliyati,hamda unda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi. Xususan davlatimiz tomonidan bojxona organlarida xizmatni olib borayotgan xodimlarning ijtimoiy muhofazasi yo`lga qo`yilganligi, boshqa viloyatdan kelib xizmat olib boradigan bojxonachilar xizmat uylari bilan ta`minlanishi, to`g`risidama`lumot berildi.

Xorazm viloyatidan ushbu tadbirda ishtirok etish uchun tashrif buyurgan bojxona xizmatiga qabul qilingan yosh xodim Hasan Rahimovning otasi Sulton Rahimov o`z so`zida muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimiz yoshlariga yaratib berilayotgan imkoniyatlar sababli, farzandlari o`z bilim va salohiyatlari bilan ochiq va shaffof tarzda o`tkazilgan sinovlardan muvaffaqiyatli o`tib, bojxona sohasiga xizmatga qabul qilinganliklari, ular kelgusida xizmat jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan har qanday qiyinchilikni sabot bilan engib, Vatanimizga sadoqat bilan xizmat qilishlariga ishonch bildirdi.

Ochiq va samimiy ruhda o`tgan ushbu uchrashuvda yosh bojxonachilar va ularning ota-onalari o`zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi.

    Boshqa yangiliklar