AsosiyJamiyat

«Ta`lim va mutaxassislik» XX xalqaro ko`rgazmasi bo`lib o`tadi

'«Ta`lim va mutaxassislik» XX xalqaro ko`rgazmasi bo`lib o`tadi'ning rasmi

Joriy yilning 28—30 mart kunlari poytaxtdagi «Yoshlar ijod saroyi»da, 27 mart kuni Andijon shahri hamda 1 aprel kuni Samarqand shaharlarida «Ta`lim va mutaxassislik» XX xalqaro ko`rgazmasi bo`lib o`tadi. Bu haqda mazkur ko`rgazma ko`makchisi O`zbekiston Savdo-sanoat palatasining Axborot xizmati xabar bermoqda.

Yoshlarni oliy o`quv yurtlari hamda oliy ma`lumotga ega bo`lish imkoniyatlari, kasbga yo`naltirish va ish bilan ta`minlash masalalari tadbirning asosiy maqsadi bo`lib, ko`rgazmaning «Ta`lim» yo`nalishidan O`zbekiston hamda xorijiy oliy o`quv yurtlari va ta`lim muassasalari, til o`rgatish kurslari hamda ijodiy markazlar haqida ma`lumotlar o`rin olgan. «Mutaxassislik» yo`nalishida esa respublikadagi mavjud bandlik markazlari, ishga qabul qilish agentliklari O`zbekiston mehnat bozoridagi bo`sh ish o`rinlari to`g`risida ma`lumotlarni namoyish etishadi.

    Boshqa yangiliklar